Jamiyat | 20:48 / 18.09.2015
4408
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada patrul politsiyachilari xizmatni o‘tash vaqtida uxlab yotgan holatda videoga olindilar

Ostonada guvohlar tomonidan yo‘l-patrul politsiyachisi xodimlari o‘z xizmatlarini bajarish vaqtida xizmat mashinasida uxlab yotgan holatda videoga olindilar.

Ushbu holat aks etgan video You Tube videoportalida chop etildi. Unga berilgan izohda “Ostonadagi “Uyqudagi patrul”. Banditlar xotirjam bo‘lishlari mumkin”, deb yozib qo‘yildi.

Bu orada Ostona ichki ishlar departamenti matbuot xizmatida ushbu videoda aks etgan politsiyachilar tegishli jazo olganlari ma'lum qilindi.

“Xizmat tergovi natijalariga ko‘ra Ostona ichki ishlar departamenti yo‘l-patrul politsiyasi polki xodimlari o‘z xizmat vazifalarini mas'uliyatsiz bajarganlari uchun ma'muriy javobgarlikka tortildilar”, deyilmoqda matbuot xizmati bergan xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish