22:09 / 18.09.2015
3593

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi OCh saralashida Falastinni yirik hisobda yengdi

18 sentabr kuni Osiyo chempionati uchun o‘tkazilayotgan saralash musobaqasida Falastin U16 va O‘zbekiston U16 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda Temurxo‘ja Olimxo‘jayev shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi futbolchilari raqib darvozasini yana ikki bor aniq nishonga olishdi.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentabr kuni o‘smirlar terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni Maldivga qarshi o‘tkazgan hamda 8:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

OCh-2016 saralashi
2-tur
Falastin U16 - O‘zbekiston U16 - 0:6
Gollar: Ixtiyor Xoldorov 13, Abdulhay Ismoilov 19, Abubakr Mo‘ydinov 29, Abubakr Mo‘ydinov 33, Soatov 82, O‘rinov 89
Falastin U16: Ahmad Savafta, Ahmad, Muhammad Abbosiy, Ahmad Almzayyyen, Muhammad Hammo, Osayd, Motaz, Ahmad, Omar, Muhammad Svatti, Ahmad Eleyan
O‘zbekiston U16: Xojiakbar Jo‘rayev, Mardon Abdullayev, Islom Karimov, Ixtiyor Xoldorov, Abubakir Mo‘ydinov, Abdulhay Ismoilov, Oston O‘rinov, Shuhrat Ne'matov, Bahromjon Soatov, Asadbek Sobirjonov, Burxon Hasanov

Top