O‘zbekiston | 22:01 / 18.09.2015
1714
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Iordaniya elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2015 yilning 18 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad al-Javarneh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Iordaniya kun tartibining joriy masalalari yuzasidan fikr almashildi, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida urg‘u berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish