Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 22:19 / 18.09.2015
2629
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston TIVda Pokiston elchisi bilan o‘zaro munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi
2015 yilning 17 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Riaz Husayn Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.