15:53 / 18.09.2015
3698

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida paxta terimiga 30 mingdan ortiq kishi jalb qilindi

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani paxtakorlari joriy yilda 15 ming 950 gektar maydonga chigit qadab, unib chiqqan g‘o‘za nihollarini butun bahor va yoz fasllarida yuksak agrotexnika qoidalariga binoan parvarish qilishdi.

Ayni kunlarda tumanning barcha fermer xo‘jaliklarida paxta yig‘im-terim ishlari qizg‘in pallaga kirgan. 260ta terim otryadlari rahbarlari ishni oqilona tashkil qilganliklari bois, ularning ko‘pchiligi kuniga yillik paxta tayyorlash rejalarining 2,5-3 foizi miqdorida xomashyo tayyorlashga muvaffaq bo‘lmoqda.

"Telegraf.uz" nashri xabariga ko‘ra, 2015 yilda tuman bo‘yicha 32 ming 840 tonna “oq oltin” tayyorlash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda tuman dalalarida 30 ming 600 nafar terimchi mehnat qilmoqda.

Top