Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinishe Post: diniy radikallar muhojirlar orasida targ‘ibot olib bormoqda
Germaniya kontrrazvedkasi ayrim radikal islomiy guruhlar mamlakatga oqib kelayotgan muhojirlar orasida targ‘ibot ishlarini boshlab yuborganligini kuzatdi. Bu haqda Rheinishe Post nashri yozmoqda.
GFR konstitutsiyasini himoya qilish bo‘yicha federal idora rahbari Xans-Georg Maasenning bayonotida aytilishicha, mahalliy salafiylar Yaqin Sharqdan kelgan odamlarni o‘zlarining saflariga jalb qilishga intilmoqda. Ularning bu xatti-harakatlariga qarshi chora ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, maxsus xizmat xodimlari muhojirlar niqobi ostida mamlakatga terrorchilar kirib kelayotganining isboti topilmaganini e'tirof etdi.