Jahon | 12:15 / 18.09.2015
1736
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT aksilterror strukturasi va Hindiston TIV hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

2015 yilning 16 sentabrida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasida Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qo‘mitasi direktorining o‘rinbosari V. Burov Hindiston elchisi Kapil Sharma bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda ijroiya qo‘mitasi referenti F. Kabutov ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida tomonlar mintaqaviy xavfsizlikning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Xususan, mintaqa barqarorligiga Tolibon harakati hamda IShID tahdid solayotganini ta'kidlab o‘tishdi.
V. Burov diplomatni oktabr oyida Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha uchinchi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi, unda ShHTga a'zo hamda kuzatuvchi davlatlar tegishli organlari vakillari ishtirok etishidan boxabar qildi.

Shu munosabat bilan u Hindistonning tegishli organlari delegatsiyasini konferensiya ishida ishtirok etishga chaqirdi. Ushbu taklif Hindiston vakili tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha tayyorlanayotgan kelishuv loyihasi ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish