17:04 / 18.09.2015
7567

So‘rovnoma: Suriyaliklarning 80 foizidan ortig‘i IShID tashkil topishida AQShni aybdor deb hisoblaydi

81 foiz suriyaliklar IShID jangarilar guruhining tashkil topishida AQSh va uning ittifoqchilari qo‘li bor deb hisoblashi Britaniyaning ORB International kompaniya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ma'lum bo‘ldi.

79 foiz fuqarolar Suriyadagi vaziyatni xorijlik yollanma jangarilar og‘irlashtirayotganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, 22 foiz so‘rovnoma ishtirokchilari IShID vaziyatga ajobiy ta'sir ko‘rsatmoqda, degan fikrni bildirgan.

21 foiz fuqarolar esa ularning hayoti mamlakatni Bashar Asad to‘liq boshqargan vaqtdagidan ko‘ra yaxshiroq ekanini ma'lum qilgan. Suriyaliklarning yarmidan ko‘pi (57 foiz) kelgusida mamlakatdagi holatning yanada yomonlashuvini aytib o‘tgan.

Mamlakatning bo‘linishiga 70 foiz aholi qarshi ekanini aytgan bo‘lsa, 65 foiz fuqarolar yagona xalq sifatida yashay olishiga ishonch bildirgan.

Mamlakat aholisining qariyb yarmi (49 foiz) AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviazarbalariga qarshi ekanini aytishgan.

Tadqiqot 2015 yilning 10 iyunidan 2 iyuliga qadar Suriyaning barcha provinsiyalari, jumladan, IShID nazorati ostida bo‘lgan hududlarda 1365 nafar fuqaro o‘rtasida olib borildi.

Top