Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik kashfiyotchi mototsikl shlemini bosh yuvadigan va uqalaydigan qurilmaga aylantirdi
Xitoylik kashfiyotchi Chen Jongk (Chen Gongke) boshni yuvib-quritib, uni uqalovchi qurilmani ixtiro qildi. Uning asosini eski mototsikl shlemi tashkil qilib, barcha jarayon uchun 5 daqiqadan kamroq vaqt talab qiladi, deya yozmoqda The Mirror.
Nashrning qayd etishicha, bunday fikr unga falaj buvisini parvarishlayotgan vaqtda kelgan. Xayolidagi g‘oyani haqiqatga aylantirish uchun esa unga 20tacha shlem va 16 yil kerak bo‘ldi.
Hozirda qurilma maxsus bosh kiyimi, suv solinadigan idish va vazifalarni bajarib, kerakli haroratni ushlab turuvchi paneldan tashkil topgan.
Chen o‘z ixtirosini otasi ustida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va bu kashfiyot boshini mustaqil ravishda yuva olmaydigan hamda o‘ta shoshib yashovchi kishilarga qo‘l kelishiga umid bildirmoqda.