20:14 / 18.09.2015
3427

Xurshid Tojiboyev qozog‘istonlik Berik Abduraxmonovdan revansh olmoqchi

19 sentabr kuni "O‘zbekiston" sport majmuasida ARV turnirining birinchi bosqich titul jangi o‘tkaziladi.

Ushbu boks kechasi O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston MOQ va xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Toshkent shahri ARV turniriga uchinchi marta mezbonlik qilmoqda.

Turnirning ikkinchi bosqich 2-jangida Xurshid Tojiboyev hakamlarning bir ovozdan bergan ovoziga ko‘ra, rossiyalik Dmirtiy Polyanskini mag‘lub etib, Olimpiada litsenziyasiga ega bo‘lgan edi. Bundan oldin esa irlandiyalik Devid Joys taslim etilgan.

Shanba kuni Xurshid Tojiboyev 60 kg. vazn toifasida APB chempioni Berik Abdraxmonovga qarshi ringga chiqadi.

Top