Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Mustaqillik madhi bolalar ijodida" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Xalq ta'limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi, Yozuvchilar uyushmasi va “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida O‘zbekiston Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov umumta'lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3ta yo‘nalish: tasviriy san'at, she'riyat va hikoya yo‘nalishida o‘tkazilib, unda o‘quvchilar o‘zlarining Ona-vatan, mustaqillik, ta'lim muassasalari haqidagi ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Beshinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur tanlovga shu kungacha 1722 nafar o‘quvchilardan ijodiy ishlar kelib tushgan bo‘lib, ular orasidan eng yaxshi ijod namunalari “Tong yulduzi” gazetasida muntazam chop etildi.
Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligining axborot xizmati.