Texnologiya | 07:32 / 19.09.2015
2628
1 daqiqa o‘qiladi

3D Touch internetda biror suratga baho berishda his-tuyg‘ularning kuchini aniqlashga imkon beradi

Bumpn mobil dasturi iPhone 6S smartfonida paydo bo‘lgan 3D Touch funksiyasi yordamida ekranga bosish kuchi orqali foydalanuvchiga biror fotosurat qanchalik yoqishini aniqlashga imkon beradi, deb xabar bermoqda Tech Crunch sayti.

Dastur foydalanuvchi ekranga qanchalik kuchli bosganiga qarab, 1 dan 100 gacha ball qo‘yadi. iPhone’ning oldingi modellarida bu reyting bosishning uzoqligi bo‘yicha aniqlangan edi. Bu funksiya baholarni qo‘yishda his-tuyg‘u omilini hisobga olishga imkon beradi va teskari aloqa yig‘ishning foydalanuvchilarning javobini yetarlicha aniqlik bilan hisobga olmaydigan binar (yoqadi/yoqmaydi) ko‘rinishidan voz kechishga imkon beradi.

Avvalroq Apple topshiriqlar menejyeri va boshqa ba'zi dasturlar smartfon ekraniga bosish kuchini aniqlash asosida ishlaydigan yangi funksionalga ega yangi iOS 9 operatsion tizimini namoyish qilgan edi.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish