22:15 / 19.09.2015
3322

Angliya Premer-ligasi 6-turida 6ta uchrashuv yakunlandi

APLning 6-turi doirasidagi uchrashuvlarning 6tasi yakunlandi. Dastlab o‘tkazilgan "Chelsi" va "Arsenal" o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Bu o‘yindan so‘ng 6-turning birinchi kuniga belgilangan uchrashuvlar davom ettirildi.

Stok Siti – Lester

Mavsumning eng "quvnoq" jamoasi "Lester" safarda "Stok Siti" bilan o‘ynadi. Bu o‘yinda ham dastlab o‘z darvozasidan 2ta to‘p olib chiqqan Klaudio Raneri shogirdlari o‘yin oxirida ochko bilan uyga qaytishni uddaladi.
Turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rnini saqlab qolgan "Lester" hisobida endilikda 12 ochko mavjud.

Stok Siti – Lester 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 13 Krkich, 2:0 – 20 Uolters, 2:1 – 51, penalti Marez, 2:2 – 69 Vardi.
Stok Siti – Batlend, Kemeron, Piters, Djonson, Uilson, Uelan, van Ginkel (Ayrlend, 79), Arnautovich (Krauch, 75), Shakiri, Krkich (Odemvingi, 82), Uolters.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Xut, de Lat, Kante (King, 86), Drinkuoter, Shlupp, Inler (Olbrayton, 46), Marez, Okadzaki (Uloa, 64), Vardi.
Ogohlantirishlar: Marez (58), Kante (60), Krkich (70), Drinkuoter (78), Shlupp (81).

Suonsi – Everton

Bu mavsumda kuchli o‘yin namoyish etayotgan ikki jamoa "Suonsi" va "Everton" bahsida hisob ochilmadi.
Bu durangdan keyin uelsliklar sakkizinchi o‘ringa tushdi (9 ochko). "Everton" hisobida ham 9 ochko mavjud, lekin jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra yuqoriroq joylashgan - 6-o‘rin.

Suonsi – Everton 0:0 (0:0, 0:0)
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Uilyams, Sigurdsson (Ki Son Yen, 61), Shelvi, Ayyu (Barrou, 87), Kork, Montero, Gomis (Eder, 81).
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey, Brauning, Djagelka, Makkarti, Berri, Barkli, Kone (Deulofeu, 65), Lukaku, Neysmit.
Ogohlantirishlar: Kork (45), Berri (56), Brauning (74), Ayyu (80).

Bornmut – Sanderlend

"Bornmut" maydoniga safar qilgan "Sanderlend" navbatdagi mahlubiyatini qabul qildi. Mezbonlar bu o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi ahvolini yaxshiladi. "Sanderlend" 2 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Bornmut – Sanderlend 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Uilson, 2:0 – 9 Ritchi.
Bornmut – Boruts, Kuk, Deniels, Frensis, Disten, Ritchi (Smit, 90), Serman, Gosling, Pyu, Tomlin (O`Keyn, 65), Uilson (Myurrey, 76).
Sanderlend – Pantilimon, Koates, van Anxolt, Jons, Kabul, Gomes (Roduell, 46), Mvila, Lens, Borini (Djonson, 72), Defo (Fletcher, 68), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Koates (15), Djons (24), Kabul (43), Borini (63), Gosling (80), Toyvonen (85).
Chetlatish: Kabul (74).

Aston Villa – Vest Bromvich

Tim Shervud murabbiyligidagi birmingemliklar ham mavsumni yomon o‘tkazmoqda. Bu turda "Aston Villa" o‘z maydonida "Vest Bromvich"dan yengilgach, 17-o‘ringa tushib ketdi (4 ochko). Yozgi transferlar darichasining oxirgi kunlarida o‘zini "Tottenxem"ga qo‘yib yuborishlarini qattiq talab qilgan, lekin bunga erisha olmagan Saydo Beraxino "Vest Bromvich" uchun gol urishda davom etmoqda. Uning goli keltirgan 3 ochko jamoaga turnir jadvali ekvatoriga joylashishda yordam berdi.

Aston Villa – Vest Bromvich 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 39 Beraxino.
Aston Villa – Gyuzan, Richards, Amavi, Xatton, Leskott, Grilish, Sanches (Veretu, 82), Xil (Bakuna, 76), Vestvud, Sinkleyr (Jyested, 46), Agbonlaxor.
Vest Bromvich – Mayxill, Evans, Makoli, Douson, Morrison, Brant, Yakob, Fletcher, Makkleyn, Beraxino (Gardner, 67), Rondon (Lambert, 90).
Ogohlantirishlar: Brant (21), Morrison (34), Xil (62), Yakob (78), Amavi (82).

Nyukasl – Uotford

"Soyabonli murabbiy" Stiv Maklarenning "Nyukasl"dagi ishlari ham yurishmayapti. Uning murabbiyligida jamoa hali biron marta ham g‘alaba qayd eta olmadi. 2ta o‘yinda durang o‘ynagan "Nyukasl" eng oxirgi o‘rinlardan biriga (19-o‘rin) joylashgan. Jamoa 6-turda o‘z maydonida mavsum debyutanti "Uotford"dan yengildi. "Uotford" hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Nyukasl – Uotford 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: 0:1 – 10 Igalo, 0:2 – 28 Igalo, 1:2 – 62 Yanmat.
Nyukasl – Krul, Mbemba, Edara (Aarons, 80), Yanmat, Kolochchini, Sissoko, Kolbek, Veynaldum, Toven (Obertan, 88), Peres, Sisse (de Yong, 46).
Uotford – Gomes, Ketkart, Predl, Nom, Abdi (Bergeys, 76), Anya, Uotson (Gediura, 88), Kapu, Xurado (Ake, 80), Dini, Igalo.
Ogohlantirishlar: Abdi (36), Kapu (80), Kolbek (89).

Top