Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropada 12 ta A-10 Thunderbolt II hujumchi samolyotlarini joylashtiradi
AQSh Yevropada 12 ta A-10 Thunderbolt II hujumchi samolyotlarini joylashtiradi. Bu samolyotlarga shaxsiy tarkibning 300 xodimi xizmat ko‘rsatadi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi muxbiriga AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi matbuot xizmati.
“AQSh harbiy-havo kuchlari butun Yevropa bo‘ylab bazalarda NATOning Operation Atlantic Resolve mashg‘ulotlari doirasida xavfsizlikni ta'minlash choralarini davom ettirish maqsadida 12 ta A-10 Thunderbolt II samolyotlarini joylashtiradi. Uchish ekipajining 300 ga yaqin a'zosi va qo‘shimcha qurilmalar AQSh HHKlarning Mudi aviabazasidagi 23-aviaqanotning hujumchi samolyotlari bilan birga yuboriladi”, deb aytdi AQSh HHKning jamoatchilik bilan aloqalarga javob beruvchi xodimi, podpolkovnik Devid Vestover.
Uning aytishicha, samolyotlardan AQSh va NATOdagi ittifoqchilarning birgalikdagi mashg‘ulotlarida foydalaniladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotlar yil oxiriga qadar Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida paydo bo‘lishi kerak.
NATO Operation Atlantic Resolve mashg‘ulotlari Ukrainadagi vaziyat tufayli NATOning Sharqiy Yevropadagi a'zo davlatlariga kafolat berish maqsadida boshlandi.