Sport | 19:20 / 19.09.2015
3096
2 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" "Arsenal"ga qarshi derbi bahsida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi

Londondagi "Stemford Brij" o‘yingohida APLning 6-turi doirasida "Chelsi" hamda "Arsenal" klublari o‘rtasidagi derbi bahsi o‘takazildi. Ushbu bahsda 2:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.

O‘yinning birinchi bo‘limda darvozalar o‘z daxlsizligi saqlanib qoldi. Bo‘lim oxirlarida "Arsenal" himoyachisi Gabriel Paulistaga Diyego Kosta bilan janjallashgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi.

Ikkinchi bo‘lim boshlangach, bir kishi ko‘p bo‘lib harakatlangan "Chelsi" oldinga chiqib oldi. Bu vaziyatda Zuma boshi bilan gol urib o‘zining jamoadagi ilk golini nishonladi. O‘yin oxirlashi arafasida, 79-daqiqada Azarga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olgan Santi Kasorla ham maydonni sheriklaridan barvaqtroq tark etdi.

O‘yin so‘nggida Eden Azar "Chelsi"ning ikkinchi golni urdi va amalda uchrashuv taqdirini hal qildi.

Shu tariqa, "Arsenal" APL doirasida qatorasiga beshinchi uchrashuvda "Chelsi" darvozasiga gol ura olmadi. "Chelsi" esa yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir jadvalidagi ahvolini yaxshilab oldi.

Angliya chempionati, 6-tur
Chelsi – Arsenal 2:0
Gollar: 1:0 – 53 Zuma, 2:0 – 90 Azar.
Chelsi – Begovich, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Zuma, Fabregas, Matich, Oskar (Ramires, 69), Pedro, Azar, Diyego Kosta (Remi, 82).
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, O‘zil (Jiru, 75), Remzi, Uolkott, Koklen (Chembers, 46), Sanches (Oksleyd-Chemberlen, 75), Kasorla.
Ogohlantirishlar: Kasorla (31), Diyego Kosta (45), Gabriel (45), Ivanovich (49), Oskar (64), Chembers (72).
Chetlatish: Gabriel (45), Kasorla (79).