15:29 / 19.09.2015
5501

YeI: Yevropaga kirib kelayotgan muhojirlarning 4/5 qismi suriyalik emas

Yevropa Ittifoqi tarqatgan ma'lumotda aytilishicha, Yevropa hududiga kirib olishga urinayotgan muhojirlarning aksar qismi Suriyadagi urushlardan aziyat chekkanlar emas, balki to‘kin hayotga erishishni istagan boshqa qit'aliklar hisoblanishadi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, shu yilning aprel, may va iyun oylarida muhojir sifatida Yevropada ro‘yxatdan o‘tgan yuz minglab kishilarning faqat 44 ming 213 nafari suriyalik bo‘lgan.
Shuningdek, Yevropaga 27 ming nafar atrofida afg‘onistonlik kelgan.

Top