22:56 / 19.09.2015
3487

Farg‘onalik ayol o‘z uyida dorixona tashkil etgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi Odinaxon Raslulovaning uyida noqonuniy dorixona tashkil etilganligi prokuratura xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

60 yoshga yaqinlashib qolgan ayol 2007 yildan boshlab bozorda dorifurushlik bilan shug‘ullanib kelgan. Keyinchalik u uyida ayollarning gigiyenik vositalarini ishlab chiqarib, sotishni yo‘lga qo‘ygan. Biroz muddatdan so‘ng Rasulova o‘z faoliyatiga rasman chek qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin uyidagi faoliyatni noqonuniy ravishda davom ettiravergan.
Bundan tashqari, Rasulova xorijiy dori vositalarini ulgurji sotib olib, ularni qaytadan qadoqlab sotishni yo‘lga qo‘ygan.

Tekshiruv chog‘ida uning uyidan 11 turdagi 30 ming dona dori vositalari topildi. Ularning umumiy qiymati 172 mln so‘mdan oshar edi. Shuningdek, 13 mln so‘mlik ayollar gigiyenik vositalari topildi.

Tekshiruv ushbu dori va vositalarning yaroqsizligini ko‘rsatdi.

Top