23:07 / 19.09.2015
4613

G‘allaorollik maktab o‘qituvchisi 17 yil davomida soxta hujjat bilan ishlab kelgani aniqlandi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi umumta'lim maktablaridan birining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nilufar Abduraimovaning diplomi soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Abduraimova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 1998 yili topshirilgan “Boshlang‘ich ta'lim va tarbiyaviy ish” mutaxassisligi bo‘yicha diplomiga ega edi. Mana shu diplom bilan u uzoq yillar ishlab kelgan edi. Aniqlanishicha, u oliygohda hech qachon o‘qimagan bo‘lib, diplomni shunchaki sotib olgan ekan.

Top