Jahon | 13:17 / 19.09.2015
8834
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya sohilida 5 yoshli suriyalik qizchaning jasadi topildi

Turkiyadan Gretsiyaga dengiz orqali o‘tish paytida 5 yoshli suriyalik qizcha halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Star nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bir guruh muhojirlar Gretsiya sohillariga qayiqda yetib olishmoqchi bo‘lganda, qayiq cho‘kib ketgan. Oqibatda 5 yoshli kichik qizcha halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana bir necha nafar muhojirlar bedarak yo‘qolgan.

Gretsiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 13 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘ldi, tirik qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhojirlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Sentyabr oyida Turkiyadagi plyajlardan birida jasadi topilgan 3 yoshli Aylon ismli suriyalik bola voqeasi ovoza bo‘lib ketgandi. Bola o‘z oilasi bilan dengiz orqali Yevropaga yaxshi hayot istagida yo‘l olganda onasi va akasi bilan birga cho‘kib ketgan edi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish