16:48 / 19.09.2015
7925

IIV: Biznes-markazdagi yong‘inda qurbon bo‘lganlar yo‘q

2015 yil 18 sentabr kuni taxminan soat 18dan 46 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Markaziy dispecherlik xizmatiga shaharning Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan 12 qavatli Biznes markazi binosining tashqi tomonida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga poytaxtning yong‘in o‘chirish qismi xodimlari tezda yetib borishgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida soat 19 dan 33 daqiqa o‘tganda yong‘in qurshab olingan va tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida yong‘in binoning isitish tizimida olib borilgan payvandlash ishlari paytida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

Top