06:52 / 19.09.2015
4371

Janubiy Sudanda neft tashuvchi mashinaning portlashi qurbonlari soni 183 nafarga yetdi

Janubiy Sudanda neft tashuvchi mashinaning portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 183 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumat.

Qayd etilishicha, kamida 60 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Mamlakat prezidenti matbuot kotibi portlash yonib turgan sigaret tufayli sodir bo‘lganini ma'lum qildi. Biroq ko‘pchilik guvohlar o‘q ovozlarini eshitganlarini aytishmoqda.

Portlash neft tashuvchi yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilib tushganda mahalliy aholi yo‘lga to‘kilib ketgan yoqilg‘ini yig‘ishtirib olayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Top