Jahon | 20:07 / 19.09.2015
3776
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Rossiyadan Asadni muzokaralar stoli atrofiga o‘tkazishni so‘ramoqda

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ketishi kerakligini, biroq uning iste'fosi muzokaralar orqali belgilanishi zarurligini aytmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Kerri Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bunday bayonot bilan chiqdi.

“Biz muzokaralarni boshlashimiz kerak. Bu biz kutayotgan narsa. Biz Rossiya va Eron hamda Suriyaga ta'sirga ega boshqa davlatlar bunda yordam beradi, deb umid qilamiz, chunki bu inqirozga yakun yasovchi vaziyatdir”, deb aytdi Kerri.

AQSh Davlat kotibi AQSh muzokaralarga tayyorligini va ayni paytda bunga Asadning roziligini olish kerakligini ta'kidlamoqda.

“Rossiya Asadni muzokaralar stoliga olib kelishga tayyormi?”, deya so‘ramoqda Kerri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish