03:09 / 19.09.2015
6783

KUN.UZ dayjesti: 18 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 24 sentabr kuni nishonlanadi>>

24 sentabr kuni O‘zbekistonda Qurbon bayrami sifatida nishonlanadi. Shu kuni respublikada dam olish kuni bo‘lishi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan

Toshkentdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida yong‘in kelib chiqdi>>

Bugun, 18 sentabr kunining ikkinchi yarmida, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - "Leto bar") yong‘in kelib chiqdi

Toshkentdagi biznes markazida chiqqan yong‘in bartaraf etildi>>

Bugun, 18 sentabr kuni, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi Amir Temur shohko‘chasi va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Wyndham Tashkent» (sobiq «Dedeman») mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda voqea joyida kuzatuv olib borgan kun.uz muxbiri ma'lumot berdi

Qalandar Abdurahmonovga Rossiya davlat mukofoti topshirildi>>

2015 yil 17 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasi va Rossiya hamkorlik agentligining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasida G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Qalandar Abdurahmonovni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti — Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi

IShID jangarilari Tripoli aeroportiga hujum uyushtirdi>>

IShID jangarilari Liviya poytaxti Tripoli shahridagi aeroportga hujum qildi va 3 nafar xodimni o‘ldirishdi

Bloomberg: AQSh va Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytiradi>>

Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi yuzasidan ijobiy o‘zgarishlar yil so‘ngiga qadar kuzatilmasligi sababli Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirishga hozirlik ko‘rmoqda

Suriya Rossiyadan harbiy ko‘mak olishi mumkin>>

Suriya hukumati zarurat tug‘ilgan holda rasmiy Moskvadan terrorizmga qarshi kurash doirasida harbiy ko‘mak so‘rashi mumkin

Janubiy Sudandagi portlash qurbonlari soni 170 kishiga yetdi>>

Janubiy Sudandagi portlash qurbonlari soni 170 kishiga yetdi

Toshkentda ShHT aksilterror strukturasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi>>

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«LUKOYL» O‘zbekistonda 30 milliard kubometr tabiiy gaz qazib oldi>>

O‘zbekistonda «LUKOYL» kompaniyasi boshqaruvchiligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qazib olingan tabiiy gazning umumiy hajmi 30 mlrd kubmetrni tashkil etdi

Top