13:58 / 19.09.2015
2116

Mourino: "Arsenal"ga qarshi o‘yinda bir qator yetakchilarsiz harakat qilishimiz mumkin

“Chelsi” yarim himoyachisi Villian APL 6-tur “Arsenal”ga qarshi o‘tadigan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Joze Mourino ma'lum qilgan.

U klubning yana bir necha futbolchisi derbi bahsini o‘tkazib yuborishi mumkinligini ham aytib o‘tgan.

"Pedro, Falkao va Oskar ham bu o‘yinda qatnashmasligi mumkin. Hozircha aniq gap ayta olmayman. O‘yin uchun tarkibni oxirgi mashg‘ulotdan keyin tuzaman", degan portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” - “Arsenal” uchrashuvi 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 16.45da boshlanadi.

Bu jamoalarning oxirgi uchrashuvi shu yilning 4 avgustida o‘tkazilgan, Angliya Superkubogi uchun bahsda "Arsenal" 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ma'lumot uchun, ushbu ikki jamoa APL tashkil topganidan buyon "Stemford Brij" stadionida 23 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan va bu o‘yinlarda "Chelsi" 10 marta, "Arsenal" 7 marta g‘alaba qozongan. Yana 6ta o‘yin esa durang natija bilan yakunlangan.

Top