16:30 / 19.09.2015
3058

Putin Belarusda rus aviabazasini qurish bo‘yicha kelishuv imzolashga ko‘rsatma berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘shni Belarus hududida rossiyaliklar aviazasini qurish bo‘yicha o‘zaro kelishuv tuzishga ko‘rsatma berdi.

"Rossiya Federatsiyasi hukumati Rossiya va Belarus respublikalari o‘rtasida qo‘shni mamlakat hududida rus aviabazasini qurish haqida qaror qabul qildi", deyiladi shu bo‘yicha hujjatda.

Bundan tashqari, Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirliklariga belarusliklar bilan shu masala xususida muzokaralar boshlashga ko‘rsatma bergan.

Top