Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» o‘z maydonida «Granada»ni kichik hisobda yengdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Granada" klublari o‘rtasidagi uchrashuv 1:0 hisobida nihoyasiga yetdi.
O‘yindagi yagona gol 55-daqiqada Karim Benzema tomonidan urildi.
Endilikda, Rafael Benites shogirdlari ushbu kerakli natijadan keyin musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Ispaniya chempionati. 4-tur
Real Madrid – Granada 1:0
Gol: 1:0 – 55 Benzema.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Varan, Modrich, Kroos (Kovachich, 62), Isko, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Cherishev, 77).
Granada – Fernandes, Doriya, Biragi, Lopesh, Lomban, Krxin, Markes, Mendes (Lopes, 77), Rochina (Riko, 67), El-Arabi, Saksess (Ibanes, 61).
Ogohlantirishlar: Mendes (35), Isko (43), Markes (70), Krxin (80).