11:17 / 19.09.2015
6692

Taniqli island xonandasi sahnaga Marg‘ilon xonatlasi kiyib chiqdi

Xonatlas O‘zbekiston va o‘zbek xalqining asosiy tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lib kelgan. So‘nggi vaqtlarda xonatlas jahon miqyosida keng tanilib, Yevropa va Amerikaning eng taniqli modeler va dizaynerlar e'tiborini qozonmoqda.

OscardelaRenta, Gucci, Mango, Zara, Dolce&Gabbana va boshqa ko‘plab moda uylarida xonatlasdan foydalanish allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

Endi esa mashhur island qo‘shiqchisi Borkni (Bjork) ham maftun etib, sahnaga xonatlasdan tayyorlangan kostyumda namoyon bo‘lishga undadi.

Taniqli xonandaning modelerlari noyabr oyida 50 yoshini nishonlovchi san'atkorning kostyumida xonatlasdan foydalanishni ma'qul ko‘rishdi.

Ma'lumki, xonatlas ipak matosidan tayyorlanib, ularda bezak va gullar matoga emas, balki o‘rish iplariga chiziladi. Eni 40 santimetr, uzunligi 200 mentr atlasni to‘qish uchun uch ming olti yuzta ipak tolani bir-biri bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi. Eng muhimi, barcha rang tabiiy usulda, bo‘yoq beruvchi giyohlardan tayyorlangani sababli ular yillar o‘tsa-da o‘z sifatini yo‘qotmaydi, ranglari qorishib ketmaydi. Mahsulot tayyor bo‘lguniga qadar esa o‘ttizdan ziyod ish jarayonidan o‘tadi.

Top