08:39 / 19.09.2015
2362

Uch kun ichida Xorvatiyaga 17 mingdan ko‘proq muhojir keldi

Xorvatiya Ichki ishlar vaziri Ranko Ostoich hafta o‘rtalarida Vengriya o‘zining Serbiya bilan chegarasini yopib qo‘ygandan keyin Xorvatiyaga 17 mingdan ko‘proq muhojir kelganini ma'lum qildi. Ulardan 3 mingdan ko‘prog‘i Vengriyaga o‘tgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Xorvatiya politsiyasi chegaradan 17069 kishi o‘tganini aytmoqda, biroq muhojirlar hamon Serbiya orqali Xorvatiyaga kelishmoqda.

Xorvatiya politsiyasi Serbiya chegaralariga olib boruvchi barcha yettita nazorat-o‘tkazish punktlarini yopib qo‘ydi. Muhojirlar Xorvatiya orqali boshqa davlatlarga o‘tishga harakat qilishmoqda. Xorvatiyadan muhojirlar bor bir nechta avtobuslar Vengriya chegarasiga keltirildi va u yerda vengr politsiyachilari tomonidan qabul qilindi.

Avvalroq Xorvatiya bosh vaziri Zoran Milanovich mamlakat boshqa muhojirlarni qabul qilmasligi va ro‘yxatdan o‘tkazmasligini ma'lum qilgan edi.

Top