07:04 / 19.09.2015
2835

Yaponiya parlamenti o‘z harbiylariga xorijdagi jangovor harakatlarda ishtirok etishga ruxsat berdi

Yaponiya parlamenti oliy palatasi ko‘pchilik ovoz bilan milliy mudofaa kuchlarining vakolatlarini kengaytirish haqidagi qonunlar paketini qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qabul qilingan qonun loyihalari yaponiyalik harbiylarga Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta Yaponiyaga hujum qilinmayotgan bo‘lsada, do‘stona davlatlarni himoya qilishda jangovor harakatlarda ishtirok etishga imkon beradi.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bu o‘zgarish Xitoy qudratining oshishi kabi jahondagi yangi chaqiriqlarga javob berish sifatida hayotiy darajada muhim ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq Yaponiya parlamentining oliy palatasi qo‘mitasi mamlakat konstitutsiyasiga Yaponiyaning xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishiga huquq beruvchi o‘zgartirishlar kiritgan edi.

 

Top