Jahon | 18:35 / 19.09.2015
2617
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya TIV rahbari 20 sentabr kuni Rossiyaga tashrif buyuradi

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligida vazirlik rahbari Fumio Kisidaning 20-22 sentabr kunlarida Rossiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lishi haqida ma'lumot berildi.

"21 sentabr kuni Sergey Viktorovich Lavrov bilan o‘tkaziladigan uchrashuvda xalqaro munosabatlar yuzasidan gaplashiladi. Vazirlar "shimoliy hududdagi vaziyat" va Ukraina masalasini muhokama qilishadi", deb ma'lum qilingan Yaponiya TIV xabarida.

O‘z navbatida Rossiya TIVda bu uchrashuv "o‘ziga xos tarixiy voqea" bo‘lishi aytilgan.

Rossiya TIV  ma'lumotida aytilishicha, ikki tomonlama munosabatlar rasmiy Tokioning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qo‘llangan sanksiyalarga qo‘shilishi tufayli ancha yomonlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish