O‘zbekiston | 17:20 / 19.09.2015
30079
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi.
Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi moddalari, huquqbuzarlik turi, eng kam ish haqining miqdorida jarima qiymati, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati va jarima miqdori ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda hududida eng kam ish haqi oyiga 130240 so‘m deb belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish