23:30 / 20.09.2015
3122

“Manchester Yunayted” yangi o‘yinchisi Martialning dubli evaziga “Sautgempton” ustidan g‘alaba qozona oldi

Angliya Premer-ligasining 6-turida “Manchester Yunayted” mehmonda “Sautgempton” ustidan 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.

“Avliyolar” 13-daqiqada Grasiano Pellening aniq zarbasi evaziga hisobni ochdilar. Mankunianliklar 34-daqiqada jamoaning yangi o‘yinchisi Antoni Martialning to‘pi evaziga hisobni tenglashtirishdi. 50-daqiqada fransuz dubl qayd qildi, 68-daqiqada esa Xuan Mata hisobni 1:3 hisobiga yetkazdi. Mezbonlar qolgan vaqtda Pellening ikkinchi to‘pi evaziga hisobni minimal farqqa qisqartira olishdi xolos.

Lui van Gal shogirdlari ushbu g‘alabalari evaziga 13 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldilar.

Angliya Premer-ligasi. 6- tur
Sautgempton (Sautgempton) – Manchester Yunayted (Manchester) – 2:3
Gollar: Pelle, 13 (1:0); Martial, 34 (1:1); Martial, 50 (1:2); Mata, 68 (1:3); Pelle, 86 (2:3).

Top