09:32 / 20.09.2015
1994

Burkina-Fasodagi to‘qnashuvlarda 10 kishi halok bo‘ldi

Burkina-Faso poytaxti ko‘chalarida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, uch kundan buyon davom etib kelayotgan tartibsizliklar oqibatida 100dan ziyod kishi jarohat olgan.

Namoyishchilar mamlakatdagi harbiy davlat to‘ntarilishiga qarshi norozilik bildirib ko‘chalarga chiqishmoqda. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ogohlantiruvchi o‘t ochgan, bunga javob tariqasida huquqni himoya qilish organlari xodimlariga toshlar uloqtirilgan.

Avvalroq Burkina-Faso vaqtinchalik parlamenti rahbari Sharif Say mamlakatda davlat to‘ntarilishi sodir bo‘lgani va uning boshqaruvini o‘z qo‘liga olganini ma'lum qilgan edi. Harbiy xizmatchilar esa komendantlik soati joriy etilib, mamlakat chegaralari vaqtinchalik bekitilishini e'lon qilgan.

Top