Jahon | 18:43 / 20.09.2015
2424
1 daqiqa o‘qiladi

Eron neftni qayta ishlash bo‘yicha Total, Eni va Saipem bilan muzokaralarni boshladi

Eron Yevropaning Total, Eni va Saipem neft kompaniyalari bilan ularning Fors ko‘rfazidagi neft konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etishi borasida dastlabki muzokaralarni boshladi, deya ma'lum qildi Eron dengiz neft kompaniyasi ijrochi direktori Said Hafiziy.

Hafiziyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron neft shartnomalarining yangi modelini namoyish etish marosimida chet ellik investorlar qatnashishi mumkin bo‘lgan oltita konni foydalanishga topshirish bo‘yicha taklifni e'lon qilish ehtimoli bor, deya xabar bermoqda ISNA agentligi.

Shuningdek, Eron BAA bilan Salmon konidan gaz qazib olishni muhokama qilishni rejalashtirgan, Isfandiyor neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha esa Norvegiya-Avstriya kompaniyalari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish