Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fedor Yemelyanenko yangi yil kuni kechasida Yaponiyada jang o‘tkazadi
Aralash qoidalar bo‘yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Yemelyanenko katta tanaffusdan keyingi ilk jangini yangi yil oqshomida o‘tkazishi ma'lum bo‘ldi. Sportchining o‘zi instagramida shu haqida yozgan.
Yemelyanenkoning jangi Yaponiyadagi turnirning markaziy bahsi sifatida qayd etiladi. Bellator va PRIDE tashkilotlari tomonidan tashkil etilayotgan ushbu shou jangi AQSh hududida Spike TV telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi.
Hozircha uning raqibi nomi ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Yemelyanenko shu yilning 14 iyulida sportga qaytishini e'lon qilgandi.
Yemelyanenko Yaponiyaning Pride tashkiloti talqiniga ko‘ra to‘rt karra jahon chempioni sanaladi.
U so‘nggi marataba 2012 yilda ringga chiqqan va faoliyatini yakunlash haqida bayonot bergandi.
Professional faoliyati davomida 38 jangda qatnashgan Fedor ularning 34tasi g‘alaba qozongan. To‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.