12:26 / 20.09.2015
1952

Islandiya qochqinlarni joylashtirish ishlariga 16 mln dollar sarflaydi

Islandiya hukumati o‘z hududida 100 nafar muhojirni joylashtirish bo‘yicha tuzilgan hujjatni ommaga e'lon qildi.

Unda keltirilishicha, qochqinlarning ushbu orolda yashash sharoitlari yaratilishi uchun 2 mlrd island kronasi (16 mln dollar) sarflanadi.

Hujjatda qayd etilishicha, bu mablag‘lar "Suriyadagi vaziyat tufayli insonparvarlik yordami" sifatida ajratiladi.

Avvaliga Islandiya 50 nafar muhojirni qabul qilishga rozi bo‘lgan, keyinroq islandiyalik huquq faollarining talabi bilan bu ko‘rsatkich 100 nafarga oshgandi.

Sentyabr oyi boshida tashabbuskorlar feysbukka shu masalada murojaatnoma joylashtirishgan, shu vaqtgacha 11 ming island oilasi muhojirlarning mamlakatga qabul qilishini yoqlab chiqqan.

Ma'lumot uchun, Islandiyaning jami aholisi 320 ming nafarga yaqinni tashkil qiladi.

Top