14:49 / 20.09.2015
2155

Istomin Jyek Sokka yutqazib qo‘ydi va AQSh terma jamoasi muddatidan oldin Devis Kubogiga yo‘l oldi

Toshkentda o‘tkazilayotgan norasmiy jahon chempionati sanalmish Devis Kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning uchinchi kun yakkaligidan o‘rin olgan ilk uchrashuv yakunlandi.

Bu uchrashuvda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin raqibi Jyek Sokka 2:6, 6:2, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu orqali AQSh terma jamoasi umumiy hisobni 3:1ga yetkazdi va muddatidan avval jahon ligasiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda "olamsport.som" saytida yozilgan.

Birozdan so‘ng o‘tkaziladigan Farrux Do‘stov – Stiv Jonson bahsi shunchaki rasmiyatchilik uchun bo‘lib o‘tadi.

18 sentabr (Yakkalik)

Denis Istomin – Stiv Jonson – 6:1, 3:6, 7:6, 6:7, 7:5

Farrux Do‘stov – Jyek Sok – 5:7, 3:6, 2:6

19 sentabr (Juftlik)

Farrux Do‘stov / Denis Istomin – Stiv Jonson / Sem Kuerri – 3:6, 2:6, 2:6

20 sentabr (Yakkalik)

Denis Istomin – Jyek Sok – 2:6, 6:2, 4:6, 4:6

Farrux Do‘stov – Stiv Jonson

Top