Jahon | 06:33 / 20.09.2015
2105
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Dakotada etanol olib ketayotgan 6 vagon izdan chiqib yonib ketdi

19 sentabrda AQShning Janubiy Dakota shtatidagi Skotlend shahri yaqinida etanol olib ketayotgan 6 vagon izdan chiqib ketdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari ma'lum qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, temir yo‘l kesishmasi yaqinida yuz bergan noxush voqea oqibatida izdan chiqib ketgan vagonlar yonib ketdi. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bordilar.

Rasmiylar yaqin oradagi barcha yo‘llarni yopib qo‘yishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish