Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lyusen Kim: AQSh Suriyada mag‘lub bo‘ldi, Putin dunyo siyosat sahnasiga ko‘tarildi
Barcha Suriya bilan mashg‘ul bo‘lgan hozirgi paytda Putin o‘zini Asad bilan til topisha oladigan yagona yetakchi sifatida namoyon etishi, shuningdek, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya va IShIDga o‘rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko‘rsatishi uchun vaqt keldi, deya yozmoqda Lyusen Kim Reuters agentligiga.
Tahlilchining fikricha, sentabr oyi oxirida BMT Bosh Assambleyasida so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor so‘zga chiquvchi Putinning nutqi boshqalardan keskin farq qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu nutq bilan butun dunyo, ayniqsa AQShga Rossiyaning jahonda yetakchi kuchga ega ekani, uni inkor etish yoki ajratib qo‘yishga urinish faqatgina o‘z xavotir va xavfsizligiga rahna solishini ko‘rsatib qo‘yadi.
Moskva AQShga shu vaqtgacha foyda bermayotgan siyosati o‘rniga uning muqobilini taklif etib, Rossiya muammoning emas, balki yechimning bir qismi ekanini eslati o‘tadi. Mazkur odim Putinning dunyo siyosat sahnasiga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Kimning fikricha, bunga kelgusidagi bir qator muhim uchrashuvlar ham ishora berib turibdi.
Dushanba, 21 dekabr kuni Rossiyaga Isroil bosh vazirining Rossiya yetakchisi bilan Suriya masalasini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurishi kutilayotgan bo‘lsa, AQSh davlat kotibi Jon Kerri muntazam ravishda Sergey Lavrov bilan Oq uyda Putin va Obamaning uchrashuvini tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. 2 oktabr kuni esa Parijda Rossiya prezidentining Merkel va Olland bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 sentabr kuni AQShning Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida ma'ruza qiladi. RF TIV ma'lumotiga ko‘ra, Putin o‘z ma'ruzasida Suriya, ukrain inqirozi va sanksiyalar muammosi to‘g‘risida so‘zlab, terrorizmga qarshi kurashda ikki xil standartlardan voz kechishga chaqiradi.
Bundan avval Putin BMT Bosh Assambleyasida 2000, 2003 va 2005 yillarda nutq so‘zlagan.