Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:35 / 20.09.2015
7875
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: MRB va Rossiya razvedkasi Suriya mojarolari bo‘yicha muzokaralar olib bordi
Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi hamda Rossiya Tashqi razvedka xizmati xodimlari o‘tgan haftada Moskva shahrida Suriya mojarosi borasida muzokaralar olib borgan, deya xabar bermoqda OAV.
Bu haqda Bild am Sonntag gazetasi Amerika razvedkasidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSh Rossiyaga IShID jangarilari pozitsiyalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etgan.