Jamiyat | 22:10 / 20.09.2015
4422
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabrda katta ekranlarga “Men yolg‘onchiman” filmi chiqadi

O‘zbekistonlik kinoijodkorlar navbatdagi yangi filmning premerasiga tayyorgarchilik ko‘rmoqdalar. Film komediya janrida bo‘lib, “Men yolg‘onchiman” deb nomlanadi. Hozirda filmni suratga olish ishlari yakunlanib, montaj ishlari olib borilmoqda. 

Rejissyor Bexzod Joniyev suratga olgan bu filmning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, uni ko‘rgan odamlarda yolg‘onchilik qilish istagi umuman yo‘qolishi kerak.

Komediya taqdimoti va ilk namoyishi oktabrda bo‘lib o‘tadi. Filmni Bexzod Joniyev suratga olgan, operator Umid Malikov, prodyuser Dadaxon Obidov.

Filmda rollarni Sevara Soliyeva, Jumadilla Rametov, Madina Muxtorova, Muhammadiso Abdulxayirov, Shohida Uzoqova, Begzod Mirzayev, Dadaxon Obidov, Dilbar Ikromova, Aziza Begmatova va Aziz Rametov ijro etganlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish