Jahon | 10:25 / 20.09.2015
2680
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon va Tojikiston prezidentlari Rossiyadagi Derbent shahri aholisini shaharning 2000 yilligi bilan qutladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiyaning Dog‘iston respublikasida joylashgan qadimiy Derbent shahri aholisini shaharning 2000 yilligi bilan qutladi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

Prezidentlar o‘z tabrigida shaharning dunyo va Rossiya tarixida muhim ahamiyat kasb etgani, uning bugungi kundagi mavqeyi to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Dog‘istondagi Derbent shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlangan yubiley marosimini nishonlash uchun Rossiyaning ichki hududlari va xorij mamlakatlardan 40dan ziyod vakillar — hammasi bo‘lib 5 ming mehmon tashrif buyurdi. Ular uchun katta bayram dasturi tayyorlangan.

Derbent — o‘zining tarixiy o‘rnida antik davr ruhini saqlab qolgan shaharlardan biri bo‘lib, tarixda Rim imperiyasi, Vizantiya, Parfiya, Xazar hoqonligi, Oltin O‘rda tarkibida bo‘lgan. Rossiya tarkibiga esa 1806 yilda kirgan.
Ayni paytda shahar o‘zining ko‘plab tarixiy obektlari bilan sayyohlar o‘rtasida mashhur.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish