21:49 / 20.09.2015
3666

O‘zbekiston shaharlaridagi yo‘lovchilar yo‘laklari imtiyozli kreditlar hisobidan betonlab chiqiladi

O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan O‘zbekistonning 28 ta yirik shaharida uylar orasidagi yo‘llarni yaxshilash uchun imtiyozli kreditlar taqdim qilinmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarchilik ishlari ketmoqda. Bu ishlar jumladan banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtirilmoqda. Mablag‘larning maqsadli ishlatilayotganini monitoring qilish maqsadida Markaziy bank huzurida maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

“Mablag‘lar uy-joy mulkdorlari shirkatlariga va boshqaruvchi kompaniyalarga bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilmoqda. Misol uchun, ular uy oldidagi trotuarlar va ko‘p xonadonli uylarga kirish yo‘laklarini betonlashlari kerak”, deb aytdi Markaziy bankdagi manba.

Toshkentning 11 ta tumanining o‘zida bunday ishlarni 377 ming kvadrat metr, qolgan 28 ta shaharda esa 491 ming kvadrat metr yo‘l va trotuarlarda bajarish kerak.

Bundan tashqari, pod'yezdlardagi oynalar va eshiklarni ta'mirlash, cherdaklarni isitish va yerto‘lalarni mustahkamlash bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Manbaning aytishicha, bu yil ajratilgan mablag‘lar o‘tgan yildagiga nisbatan 2,5-3 barobar ko‘proqni tashkil qildi.

Top