Texnologiya | 19:53 / 20.09.2015
4158
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston telefon tarmoqlarini raqamlashtirish uchun 2,5 mlrd dollar sarfladi

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston barcha shaharlararo, xalqaro va mahalliy telefon stansiyalarini raqamlashtirish maqsadida umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 40 dan ziyodroq loyihani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi manba.

Bundan tashqari, shu davr ichida respublikadagi telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish maqsadida 60 ta investitsion loyiha amalga oshirildi. Bu orqali mavjud telefon stansiyalarni zamonaviy sharoitlarga moslashtirish ta'minlandi.

2007 yildan O‘zbekistonda WiMax telekommunikatsion standarti rivojlana boshladi. Xitoy taraqqiyot banki va Huawei Technologies kompaniyasi videotelefoniya, ma'lumotlar bilan almashish va internetga keyingi avlod NGN tarmoqlari negizida ulanish xizmatlari ishga tushirildi.

O‘tgan vaqt davomida internetga ulanish kanallari 180 foizga kengaytirildi va 21,250 Mbit/s gacha yetkazildi. Bu o‘z navbatida 2015 yilning boshidan operatorlar va provayderlarga taqdim qilinayotgan 1 Mbit/s tezlikli kanallarga narxlarni 20,2 foizga, ya'ni 206,97 dollargacha tushirish imkonini berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish