Sport | 15:05 / 20.09.2015
13825
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu "Granada" bilan o‘yin oldidan suriyalik 7 yoshli muhojir bolani maydonga yetaklab tushdi

Vengriyalik telejurnalistdan jabrlangan suriyalik muhojir bola Ispaniyada qadr topdi.

Suriyalik Said Abdul ismli bolakay “Granada”ga qarshi uchrashuvdan oldin Krishtianu Ronalduning hamrohligida “Santyago Bernabeu” stadioniga chiqib keldi.

7 yoshli Said – suriyalik muhojir Osama Abdulla Muhsinning o‘g‘li. Bir muddat ilgari ular haqida dunyo OAVlarida yozilgandi: Serbiya-Vengriya chegarasida N1TV telekanali operatori Petr Laslo o‘g‘lini ko‘targan holda politsiya ta'qibidan qochayotgan otani yerga qulatgandi.

Mazkur holat Madriddagi CENAFE futbol akademiyasi prezidenti Migel Anxel Xalan e'tiborini o‘ziga tortdi. U El Mundo jurnalisti Martin Muchega murojaat qilib, Myunxenga “Vilyaverde” futbolchisi Muhammad Lambruzi bilan birga qidiruvga yo‘l olishini buyurdi. Ular Osama Abdulla Muhsin va uning o‘g‘lini topishdi. Ota-bola bu vaqtda Chempionlar Ligasi uchrashuvini tomosha qilayotgandi.

Shundan so‘ng, CENAFE futbol akademiyasi Muhsinga ish taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, suriyalik muhojir o‘z mamlakatida Oliy divizion klubini boshqargani haqida ma'lum qilingandi. Uning turmush o‘rtog‘i va ikki qizi Turkiyada qolgan. Taxminlarga ko‘ra, bir haftadan so‘ng ular ham Madridga keladi.

Osama Muhsin moliyaviy tomondan o‘zini-o‘zi mustaqil ta'minlagunicha akademiya uning barcha sarf-xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, suriyalik muhojirlarga bolalarini maktabga berish va ispan tilidan dars olish uchun yordam ko‘rsatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish