10:16 / 20.09.2015
9753

Spiegel: AQSh Putinning BMT Bosh assambleyasidagi nutqidan xavfsiramoqda

AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMT Bosh assambleyasining 70-yubiley sessiyasidagi nutqidan oldin Moskvadan Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tashabbusni o‘z qo‘liga olmoqchi, deb yozmoqda Der Spiegel nashri.

“Suriyadagi vaziyat shunchalik tangki, Vashington o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir necha hafta oldin tasavvur qilishning ham iloji bo‘lmagan qadamga yo‘l qo‘ymoqda: Rossiya bilan harbiy darajada kelishmoqchi”, deb yozmoqda nemis jurnali hamda Ukrainadagi vaziyat tufayli Moskva bilan harbiy sohadagi suhbatlashuv muzlatib qo‘yilgani, Suriya borasida esa Rossiya va AQSh avvalboshdan qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘lganini eslatib o‘tmoqda.

Nashrning fikricha, suhbatlashuvning to‘satdan tiklanishi bir nechta sabablar tufayli yuz bermoqda. Bunday sabablardan biri sifatida nashr AQSh Putinning Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasidagi nutqidan xavfsirayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Putin sessiyadagi o‘z nutqi davomida xalqaro hamjamiyatni “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi keng koalitsiyani tashkil qilishga chaqirishi kutilmoqda.

"AQShning Moskva bilan to‘satdan hamkorlik qilishni boshlamoqchi bo‘layotganidan maqsad BMT Bosh assambleyasi sessiyasida Vladimir Putinga pozitsiyalarni boy bermaslikni istayotganidan iborat bo‘lishi mumkin”, deb yozilmoqda nashrda.

Shuningdek, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning tiklanishi AQShning Suriyadagi urushni Moskvaning yordamisiz hal qilib bo‘lmasligini anglab yetganidan darak berishi ta'kidlab o‘tilgan.

Top