Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 25-26 sentabr kunlari “Ta'lim va karera” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
25 sentabrdan 26 sentabrgacha bo‘lgan kunlar davomida Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi" ko‘rgazmalar zalida “Ta'lim va karera” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Ushbu ko‘rgazma tashkilotchilari Kamolot YoIH, Xalq ta'limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Savdo va sanoat palatasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hisoblanadi.
Ko‘rgazmadan asosiy maqsad yoshlarlarga kelgusida kasb tanlashda aniq yo‘nalishlar taklif etish hisoblanadi.
Unda O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlari va kollejlar ishtirokchilarni o‘zlaridagi mutaxassisliklar bilan tanishtirishib, ularda tanlov imkoniyatlari haqida tasavvurlar hosil qilishadi.
Ko‘rgazma doirasida psixolog mutaxassislar ishtirokchilar bilan uchrashuv o‘tkazishib, turli maslahat va tavsiyalar berishi ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar o‘quvchilarni turli oliygohlarga kirish imtihonlari jarayoni bilan tanishtirib, ularning imtihonlarga tayyorlanishida kerakli maslahatlarini berishadi.
Shuningdek, ko‘rgazmada qatnashuvchi turli kompaniya va korxonalarning vakillari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot berishib, yoshlar ongida bugungi mehnat bozori haqida tushuncha hosil qilishadi. Bu orqali yoshlarning kelgusida qaysi kasbni tanlash borasida to‘g‘ri harakat qilishlari imkonini yaratish nazarda tutilgan.
Ushbu ko‘rgazmada xususiy maktablarning o‘quvchilari, turli o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Batafsil ma'lumot: