20:35 / 20.09.2015
3239

Tramp AQSh prezidenti lavozimiga respublikachi nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda

CNN/ORC so‘rovnomasiga ko‘ra, milliarder Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasi nomzodlari orasida yetakchilik qilmoqda.

Shunga qaramay, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlash darajasi 24 foizgacha tushib ketdi. Avvalroq sentabr boshidagi shunga o‘xshash so‘rovnomada u 32 foiz yig‘gan edi.

2-o‘rinni Hewlett-Packard kompaniyasining sobiq prezidenti Karli Fiorina egallamoqda. Sentyabr boshida u bor-yo‘g‘i 3 foiz ovoz olgan edi, biroq oxirgi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra unga 15 foiz odam ovoz bergan.

So‘rovnoma 17-19 sentabr kunlari o‘tkazildi va unda AQShning 1006 fuqarosi ishtirok etdi.

Top