Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:10 / 20.09.2015
2569
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy “Chanchjen-6” raketa-tashuvchisining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Xitoy “Chanchjen-6” (“Buyuk safar-6”) raketa-tashuvchisining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Xinhua agentligi ma'lum qildi.
Parvoz Xitoyning shimolidagi Shansi viloyatida joylashgan Tayyuan kosmodromidan amalga oshirildi. Ma'lum qilinishicha, raketa 20 ta kichik o‘lchamdagi sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqadi.
“Chanchjen-6” faqatgina suyuq kislorod va kerosindan tayyorlangan notoksik yoqilg‘ida ishlovchi Xitoyning birinchi raketasidir.