11:48 / 20.09.2015
3301

Xurshid Tojiboyev APB chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida boksning yangi yo‘nalishi – APB (AIBA Pro Boxing) bo‘yicha boks kechasi o‘tkazildi.

Oqshomning markaziy jangida o‘zbekistonlik Xurshid Tojiboyev qozog‘istonlik Berik Abdrahmonovga qarshi ringga ko‘tarildi va 12 raundlik jang yakunida raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, Tojiboyev 18 iyul sanasida Toshkentda rossiyalik Dmitriy Polyanskiyni mag‘lub etib, Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Endi u 60 kg vazn toifasida ushbu yo‘nalish chempioniga aylandi.

Top